Avvalo, barchangizni Vatanimiz hayotida o‘chmas iz qoldirgan Prezident Olimpiadasi o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Albatta, saralash bosqichlarida 100 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz orasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan 3 ming nafarga yaqin sizdek eng kuchli va navqiron sportchilarimizning munosib ishtiroki tufayli bu musobaqalar O‘zbekiston sporti noyob tizim bo‘lib shakllanganini bugun chuqur mamnuniyat bilan ta’kidlashga haqlimiz. Qariyb o‘n kun davom etgan qizg‘in va murosasiz bellashuvlarda erishilgan g‘alabalar, rekord natijalar bu fikrni yaqqol isbotlab turibdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Prezident tashabbuslari asosida tashkil etilgan tarixiy sport musobaqalari platformasi. Yurtimizning barcha hududlaridan 127 ming nafar yoshlarning ishtirok etgan ulkan sport harakati.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2025 yil 13 fevral kuni o'tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlarga asosan respublikamizning barcha hududlarida "Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari" sport musobaqalarini o'tkazib borish tizimi yo'lga qo'yilgan.
Bu loyiha respublikamizda ilk marotaba o'tkazilayotgan bo'lsa-da, kutilgan natijalarni bermoqda. Platformada har bir ishtirokchi uchun shifrlangan unikal QR-beyj generatsiya qilinadi va sport ob'ektlarida kirish-chiqish nazorati real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

Har bir ishtirokchi uchun shifrlangan unikal QR-kod yaratiladi va mobil ilova orqali skanerlash imkoniyati
FIO, pasport/ID, kategoriya, foto, hudud ma'lumotlarini onlayn tizimga kiritish imkoniyati
Har bir hudud uchun alohida admin kabineti va mahalliy ro'yxatga olish tizimi
Ishtirokchilar harakati, loglar va push/SMS xabarnomalar real vaqt rejimida
2FA, audit log, shifrlash va maxfiylik standartlari bilan himoyalangan tizim
CSV/XLSX formatida hisobotlar eksport qilish va tashqi API integratsiyasi
127,7 ming nafar ishtirokchi ro'yxatdan o'tdi, 102,3 ming nafar (83%) musobaqalarda ishtirok etdi. 1-3 o'rinlarni egallagan 13,3 ming nafar sportchilar keyingi bosqichga saralandi.

13,3 ming nafar saralangan sportchilar hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablarining 6,3 ming nafar shug'ullanuvchilari ishtirok etdi. 5,2 ming nafar sportchi g'olib va sovrindor bo'ldi.

Hudud musobaqasida 1-o'rinni qo'lga kiritgan 1,9 ming nafar sportchi yakuniy bosqich - "Prezident Olimpiadasi"da ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Prezident Olimpiadasida yuqori o'rinlarni egallagan sportchilar
Mustaqillikdan buyon erishilgan tarixiy g'alabalar
Prezident Olimpiadasi va sport yutuqlarimizning eng yaxshi lahzalari















Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari platformasiga kirish va barcha imkoniyatlardan foydalanish uchun ro'yxatdan o'ting
